
1930 yil Fransiya Jazoirni egallaganining yuz yilligini nishonlab rasmiy marosim uyushtirdi. Butun olamga bu marosim Jazoirdagi "islomning janozasidir" deb jar soldi.
Fransuzlar endi Jazoirliklar Fransiya tarkibiga qo‘shilishga rozi deb o‘ylashgan edi. Ular bunga dalil o‘laroq ba’zi bir mas’ullari boshchiligida namoyish tashkil qilishdi. Bu namoyishga Lokost ismli nasroniy bir kimsa bosh bo‘lib Jazoirlik qizlarni tayyorladi. Ular bu qizlarni g‘arblashtirdik, o‘zligidan ayirdik deb o‘ylashgan edi.
Bu marosimga turli arab davlatlaridagi boshqa mustamlakachilardan mehmonlar ham taklif qilingan edi. Ular bu yerdan fransuzlashgan yangi Jazoir haqida tushunchaga ega bo‘lib, qolgan arab davlatlarini "g‘arblashtirishda" bu tushunchadan foydalanishlari kerak edi.
Hamma katta teatr binosida hozir bo‘ldi. Parda ko‘tarilganida nafaqat fransiyaliklarning, balki boshqa mehmonlarning ham boshiga chaqmoq tushganday bo‘ldi. Sahnaga Jazoirlik qizlar hijob o‘ragan holda chiqib kelardi. Fransiyalik arboblar jig‘ibiyron bo‘lishar va: "Buncha uzoq vaqt mobaynida Fransiya Jazoirda o‘zi nima ish qildi?!"-deb bir-birlaridan so‘rashar edi.
Lokostdan bu haqda so‘rashganda u o‘zining quyidagi mashhur gapini aytdi :
"ULARNING QALBIDA QUR’ON FRANSIYADAN KUCHLIROQ BO‘LSA MЕN NIMA QILA OLARDIM!".
Abdulqodir Polvonov
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar