Foto: Shutterstock
Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton va mamlakatning eng yirik shahri Olmaotadagi valyuta ayirboshlash shoxobchalarida dollar narxi keskin ko‘tarildi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti»ga tayanib "Daryo" nashri.
Qayd etilishicha, 8 mart bayrami yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani uchun Qozog‘istonda dushanba, 9 mart, dam olish kuni hisoblanadi. Juma kuni Qozog‘iston fond birjasidagi dollar kursi 382,22 tengega to‘g‘ri keldi.
Mamlakatda dollar savdosi seshanba — birinchi ish kundan boshlab davom etadi. «Dollar bugun ertalab tugadi. Savdo ertaga valyuta kursi bilan bog‘liq vaziyat aniq bo‘lganda davom etadi», — degan poytaxtdagi «obmennik» xodimlaridan biri.
Dollar sotishda davom etayotgan shoxobchalarning ayrimlarida esa kichik navbatlar kuzatilmoqda.
Xabarda aytilishicha, Olmaotadagi valyuta ayirboshlash shoxobchalarida dollar 392 tengega sotib olinadi, 394 tengega sotiladi. Aksariyat ayirboshlash shoxobchalarida dollar sotilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi