00:10 / 11.03.2020
3 015

Eron—Turkmaniston chegarasida qolib ketgan haydovchilarning oziq-ovqatlari tugamoqda

Eron—Turkmaniston chegarasida qolib ketgan haydovchilarning oziq-ovqatlari tugamoqda
Foto: Sputnik
Turkmaniston va Eron o‘rtasidagi chegara yopilishi sababli qariyb 800 nafar turkiyalik haydovchining «Lutfobod» va «Saraxs» chegara nazorat-o‘tkazish punktlarida qolib ketganiga ikki haftadan oshdi, deb yozmoqda «Xronika Turkmenistana»ga tayanib Daryo nashri.

Markaziy Osiyoga Eron orqali tovar olib boruvchi haydovchilar Turkmaniston o‘z hududiga koronavirus kirib kelishidan qo‘rqib, 23 fevral kuni chegaralarni yopib qo‘yganidan keyin qolib ketgandi.

Xabarda aytilishicha, barcha haydovchilar atigi ikkita hojatxona va dush kabinasidan foydalanishga majbur. Zaxiradagi oziq-ovqatlar esa tugay deb qolgan.

Haydovchilarning fikricha, Turkiya hukumati ularni vataniga qaytarishga va’da bergan, ammo hozircha hech qanday chora ko‘rmagan va chegara ularga yopiqligicha qolmoqda. Chegaradagi haydovchilar ular orasida yuqumli kasallikka chalinganlar yo‘qligini ta’kidlab, 2000 kilometrlik yo‘l taxminan 3 kun vaqt olgani, epidemiyadagi Eron orqali o‘tishga to‘g‘ri kelishi va tabiiyki, infeksiya yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lishi sababli orqaga qaytishdan cho‘chiyotganini bildirgan.

Chegaradagi vaziyat bilan tanishish uchun Tehrondan konsul — Fotih Topchu kelgan, biroq odamlarning ahvoli bilan qiziqmay, hukumat muammoni hal etish ustida ishlayotganini ma’lum qilib ketgan, xolos.

Chegara nazorat-o‘tkazish punktlarida qolib ketganlar orasida 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor. Ular Shavkat Mirziyoyevga yordam so‘rab, videomurojaat yo‘llagandi. O‘zbekiston TIV ham bu ma’lumotni tasdiqlab, O‘zbekistonning Tehron shahridagi elchixonasining konsullik bo‘limi 23 fevraldan buyon mazkur fuqarolar bilan doimiy aloqada bo‘lib kelayotganini ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, ular transport vositalarini bojxona postlarida qoldirib, vatanga qaytishni rad etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron—Turkmaniston chegarasida qolib ketgan haydovchilarning oziq-ovqatlari tugamoqda