Hisobotga ko‘ra, agar parvozlar to‘xtatilmasa va go‘sht iste’mol qilish cheklanmasa, Buyuk Britaniyada 2050 yilga qadar iqlim mo‘’tadil holatga kelmasligi ma’lum qilindi. Ammo Britaniya jamoatchiligi bunday qadamlarni qo‘yishga va turmush tarzini tubdan o‘zgartirishga tayyor emasligini ta’kidlamoqda.
Shu paytgacha Britaniya iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muammolarni yetakchi o‘ringa qo‘ymas edi, ammo endi davlat tasarrufidagi "Energiya tizimlari Katapulta" tadqiqot guruhi mas’ullari xabar berishicha vaziyat shuni taqozo etmoqda. Guruh vakillari Iqlim O‘zgarishi bo‘yicha Qo‘mita tomonidan hukumatga xizmat qiladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada zararli gaz va tutunlar chiqarilishi 2050 yilga kelib mo‘’tadil holga kelishi mumkin, ammo bu ma’lum sharoit talab etadi. Buning uchun hukumat zudlik bilan 3 ta asosiy texnologiyaga sarmoya kiritishi kerak: uglerodni saqlab qolish va yashil ekinlarni ko‘paytirish, foydalanish uchun vodorod va rivojlangan yadro energetikasi shular jumlasidan.
Shu bilan bir qatorda, odatdagi reaktorlar o‘rniga kichik modulli yadroviy reaktorlar tumanlarni isitish tizimlari orqali shahardagi issiqlikning to‘rtdan uch qismini ta’minlashi ko‘zda tutilgan. Modulli reaktorlar odatiy reaktorlarga qaraganda ancha kichikroq va qulay.
Sut va go‘sht uchun chorva mollarini ko‘paytirishni iqlim o‘zgarishi bo‘yicha qo‘mitada dastlab belgilangan 20% o‘rniga 50% ga qisqartirish kerakligi haqida ogohlantirilmoqda. Aholidan ham bir xil miqdorda kamroq go‘sht va sut iste’mol qilish talab etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi