Neft narxi tushishidan milliarderlar qancha zarar ko‘rdi?

Foto: «24 Kanal»
«REGNUM» agentligi «Forbes»ga asoslanib xabar berishicha, dunyoning eng boy o‘n kishisi jahon neft bozoridagi inqiroz (narxlarning keskin tushib ketishi) oqibatida bir kun davomida $37,7 mlrd. zarar ko‘rdi.
«LVMH» kompaniyalar guruhi (Fransiya) boshqaruvchisi Bernar Arno 9 mart kuni 6 milliard dollar yo‘qotdi — endi uning boyligi $92,6 mlrd.ni tashkil etmoqda.
Dunyoning eng boy insoni, «Amazon» kompaniyasi asoschisi va rahbari Jeff Bezos esa bir kunda $5,6 milliardidan mosuvo bo‘ldi, uning kompaniyasi aksiyalari besh foizdan ko‘proqqa qiymatsizlandi.
Uorren Baffett («Berkshire Hathaway») $5,4 mlrd., meksikalik tadbirkor Karlos Slim 5 mlrd. yo‘qotdi.
«Qora oltin» bozoridagi tanglikdan Mark Sukerberg («Facebook») $4,2 mlrd., Bill Geyts («Microsoft») $3,8 mlrd, Larri Peyj («Google») $3,3 mlrd., Larri Ellison («Oracle») $1,8 mlrd. zarar ko‘rdi.
Eslatib o‘tamiz, «Brent» markali neft bahosi 9 mart kuni 30 foizga pasayib, bir barrel neftning minimal qiymati $31,02 dollargacha tushib ketdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«REGNUM» agentligi «Forbes»ga asoslanib xabar berishicha, dunyoning eng boy o‘n kishisi jahon neft bozoridagi inqiroz (narxlarning keskin tushib ketishi) oqibatida bir kun davomida $37,7 mlrd. zarar ko‘rdi.

Izohlar 0
…