10:15 / 12.03.2020
2 241

Koronavirus: AQSH Yevropadan barcha safarlarni bir oyga to‘xtatdi

Koronavirus: AQSH Yevropadan barcha safarlarni bir oyga to‘xtatdi
Foto: AFP/Getty Images
AQSH prezidenti Donald Tramp COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida Buyuk Britaniyadan tashqari, barcha Yevropa mamlakatlaridan AQSHga kirishni taqiqladi. Cheklovlar 13 mart, juma kuni yarim tunda kuchga kiradi. Kerakli tekshiruvlardan o‘tgan amerikaliklar uchun istisnolar mavjud.

«Bu taqiqlar nafaqat savdo va yuklarning sezilarli hajmiga, balki boshqa bir qator narsalarga ham ta’sir qiladi ... Biz AQSHga Yevropadan keladigan hamma narsani muhokama qilamiz», - dedi Tramp millatga murojaatida. Keyinchalik u tvitterda «Yevropadan kirishga qo‘yilgan 30 kunlik taqiq savdoga ta’sir qilmaydi», deb yozdi. Uning qo‘shimcha qilishicha: «Taqiq tovarlarni emas, odamlarni to‘xtatadi».

AQSH prezidentining fikriga ko‘ra, Yevroittifoq epidemiya haqida ogohlantirishning uddasidan chiqmadi, chunki AQSHdan farqli o‘laroq, Xitoy bilan aloqani o‘z vaqtida to‘xtatmadi.

«Biz Xitoyga nisbatan qutqaruv choralarini boshidayoq ko‘rdik, endi Yevropaga nisbatan xuddi shunday choralarni ko‘rishga majburmiz. Biz zudlik bilan harakat qilamiz va fuqarolarimizning sog‘lig‘i va xavfsizligini tegishli darajada ta’minlash uchun barcha choralarni ko‘ramiz», - dedi prezident.

Shu bilan birga, u AQSH Xitoy va Janubiy Koreyadagi vaziyatni kuzatayotganini ta’kidlab, ushbu mamlakatlarda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanar ekan, Vashington amaldagi cheklovlarni qayta ko‘rib chiqishini tan oldi.

Bundan tashqari, Tramp kichik korxonalar va aholining zaif qatlamini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, koronavirusning mamlakat bo‘ylab tarqalishi munosabati bilan soliq imtiyozlari joriy etilishi mumkinligini e’lon qildi.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan kasallanishning 1,2 mingtadan ortiq holati qayd etilgan, 37 kishi vafot etdi. AQSHdagi shtatlarning deyarli yarmi infeksiya tarqalishi fonida favqulodda holat e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus: AQSH Yevropadan barcha safarlarni bir oyga to‘xtatdi