Foto: EPA
Hollivudning mashhur aktyorlaridan biri Tom Xenks va uning rafiqasi Rita Uilson koronavirus yuqtirib oldilar. Bu haqda aktyorning o‘zi ma’lum qildi.
“Salom, do‘stlar. Rita va men hozir Avstraliyadamiz. Biz o‘zimizni biroz horgan, shamollagan his qildik va badanda og‘riq paydo bo‘ldi. Ritani gohi gohida titroq tutmoqda. Barchasini to‘g‘ri qilish uchun bizni koronavirusga tekshirishdi va natija ijobiy chiqdi”, deb yozgan aktyor tvitterda.
Aktyorning ta’kidlashicha, endi ular qancha talab etilsa, shuncha vaqt karantinda qolishadi hamda o‘z sog‘liqlari haqida barchani xabardor qilib turishadi.
“Oskar” mukofotining 2 karra sohibi, 63 yoshli aktyor hozirda Avstraliyada rejissyor Baz Lurmanning afsonaviy qo‘shiqchi Elvis Presli haqidagi filmini suratga olishga tayyorgarlik jarayoni bilan qolmoqda.
Tom Xenks “Katta”, “Forest Gamp”, “Oddiy askar Rayanni qutqarish” kabi ko‘plab filmlarda bosh rollarni ijro etgan.
11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus epidemiyasi ko‘plab davlatlar va barcha qit’alarni qamrab olgani sababli pandemiya ko‘lamini olganini e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi