date
views 3 549

Rossiyalik deputat axloqsiz so‘z yozilgan futbolkada yig‘ilishga kelib, Putinni tanqid qildi

Rossiyalik deputat axloqsiz so‘z yozilgan futbolkada yig‘ilishga kelib, Putinni tanqid qildi
Foto: Videodan kadr
Moskva shahar dumasi deputati Darya Besedina duma yig‘ilishiga axloqsiz so‘z yozilgan futbolkada kelib, konstitutsiyaga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning prezidentlik muddatlarini “nollashtirish” taklif qilinayotgan tuzatma kiritilishini tanqid qildi.

Deputatning futbolkasida so‘z o‘yini tariqasida “Öbnulis” (“aqldan ozibsizlar” ma’nosida) so‘zi yozilgan bo‘lgan.
Besedinaning fikricha, konstitutsiyaga tuzatmalar “Putin Rossiyani yana 16 yil boshqarishi uchun” ataylab ishlangan.

Avvalroq Rossiya davlat dumasi deputati, birinchi ayol fazogir Valentina Tereshkova konstitutsiyaga Putinning prezidentlik muddatlarini nollashtiruvchi tuzatmani kiritishni taklif qilgan. Duma bu tuzatmani qo‘llab-quvvatlagan.

Men davlatimda Vladimir Putin taklif qila oladigandan yaxshiroq kelajak borligiga ishonaman. Biroq Putin bu kelajakning boshqa muqobilini ko‘rmayapti. U umrining oxirigacha hukmronlik qilmoqchi va hokimiyatni ushlab qolish uchun barcha ishga bormoqda”, deb aytgan Besedina o‘z nutqida.

Shundan keyin Moskva shahar dumasi raisi o‘rinbosari Stepan Orlov Besedinaning nutqida “keskin ohang” bo‘lganini ta’kidlab, reglament bo‘yicha komissiyadan Besedinani reglamentga va Rossiya qonunlariga “muvofiqligi yoki muvofiqmasligini” tekshirishni so‘ragan.

Bundan tashqari, “Yedinaya Rossiya” deputati Aleksandr Semennikov Besedinaning futbolkasidagi yozuvni tanqid qilgan va u deputatning “ruhiy holati”ni ko‘rsatishini aytgan.

Deputat uning o‘sha vaqtdagi ruhiy holatini ko‘rsatuvchi axloqsiz so‘z yozilgan futbolkada bo‘lgan. Fikrimcha, odamlar ko‘kragida uyat so‘zlarni yozib, u bilan minbarga chiqishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, deb aytgan Semennikov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik deputat axloqsiz so‘z yozilgan futbolkada yig‘ilishga kelib, Putinni tanqid qildi