
Foto: AP
Shanhaydan kelgan guruh 9 kishidan iborat bo‘lib, Xitoy sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi va Qizil xoch jamiyatining Xitoydagi bo‘linmasi tomonidan shakllantirilgan.
Xitoylik mutaxassislar o‘zlari bilan birga Italiyaga 30 tonnadan ko‘proq tibbiy va himoya materiallari olib kelishgan.
Xitoyning Italiyadagi elchisi Li Szyunxuaning ta’kidlashicha, Italiyaga hozirda epidemiyaga qarshi kurashda materiallar va tajriba yetmayapti.
Avvalroq xitoylik mutaxassislar Eron va Iroqqa koronavirusga qarshi kurashda yordam bergani yo‘l olganlari ma’lum qilingandi.
Italiyaga xitoylik mutaxassislarni yuborish bo‘yicha kelishuvga Xitoy va Italiya tashqi ishlar vazirlarining telefon suhbatida erishilgan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 15113 nafarni, vafot etganlar soni 1016 nafarni tashkil qilmoqda. Italiya virus tarqalishi ko‘lamining kattaligi bo‘yicha Xitoydan keyin 2-o‘rinni egallamoqda.
Xitoylik MutaxassislarItaliyaga YordamTibbiy MateriallarKoronavirusga QarshiEpidemiyaga QarshiShanhaydan Kelgan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar