23:23 / 13.03.2020
3 266

Och qolgan maymunlar Tailand shaharlarini ishg‘ol etmoqda

Och qolgan maymunlar Tailand shaharlarini ishg‘ol etmoqda
Odatda Tailanddagi yovvoyi maymunlarni sayyohlar boqishadi.
Koronavirus tufayli mamlakat turizm inqiroziga uchragani va turistlarni yetishmasligi tufayli mamlakat maymunlari och qolishdi. Hayvonlar ulkan poda bo‘lib, hatto ozgina ovqat uchun bir-birini o‘ldirishga ham tayyor.

Lopburi shahrining aholisi maymunlarning haqiqiy bosqini haqida gapirib berishdi. Hayvonlarning fe’l-atvoriga odatlangan tayliklar, maymunlarning shafqatsizligidan hayratda qoldilar. Maymunlar kimning qo‘lida yegulikni ko‘rishsa, uni g‘ajib tashlashga ham tayyor, deb xabar beradi Sof.uz.

"Ular maymunlar emas, yovvoyi itlarga o‘xshab ketmoqda. Bir parcha ovqatni deb aqldan ozishdi. Men ularni hech qachon bunchalik tajovuzkorligini ko‘rmaganman”, dedi shaharliklardan biri.

Lopburi shahrida minglab yovvoyi maymunlar ko‘chalarda aylanib yurishadi va qadimgi Budda ibodatxonalarida yashaydilar. Tashrif buyurgan sayyohlar hayvonlarni ovqatlantirar edi va ularning soni ko‘p bo‘lganligi sababli, maymunlar ovqat tanqisligini sezishmasdi. Endi esa yangi turdagi koronavirusning tarqalishi tufayli Tailandga sayyohlarning oqimi 44 foizga kamayib ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Och qolgan maymunlar Tailand shaharlarini ishg‘ol etmoqda