
Foto: Getty Images
Qozog‘istonning Olmaota shahrida koronavirus epidemiyasi bo‘yicha vaziyat yaxshi bo‘lmagan davlatlardan kelgan 488 kishi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) va politsiya tomonidan qidirilmoqda.
“24 fevraldan 13 martgacha Olmaotaga koronavirus bo‘yicha vaziyat yaxshi bo‘lmagan davlatlardan 11340 kishi kelgan. 10852 kishi, ya’ni kelganlarning 95,7 foizi topilib, shifokorlar nazorati ostiga olingan. Topilmagan qolgan shaxslarning ma’lumotlari migratsiya xizmati, politsiya va MXQga berilgan”, deb aytgan jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Tleuxan Abildayev.
Qidirilayotganlarning barchasi koronavirusga chalinganlar yoki uni yuqtirganlikka shubha qilinganlar bilan aloqada bo‘lganini anglatmaydi.
Ta’kidlanishicha, mahalliy hokimiyat Olmaotaga 9 mart kuni koronavirusga chalingan kishi bilan birga uchib kelgan 24 kishini ham qidirmoqda.
“9 mart kuni Frankfurtdan uchib kelgan kasallangan kishi bilan birga samolyotda 68 kishi bo‘lgan. Biz ulardan 4 nafari boshqa davlatlarga uchib ketganini aniqlaganmiz, 40 nafari topilgan. Ulardan 11 nafari shifoxonaga joylashtirilgan, yana 24 kishi qidilmoqda. Ertagacha ularning barchasini topamiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Abildayev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar