
Foto: EPA/UPG
AQSH strategik zaxiralarini boyitish maqsadida katta miqdorda neft sotib oladi. Bu haqda prezident Donald Tramp Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Neftning hozirgi narxlarini hisobga olib, energetika vaziriga juda maqbul narxda katta miqdorda neft sotib olishni topshirdim. Neft AQSHda saqlanadi va strategik zaxira bo‘lib turadi», — dedi prezident.
«Biz neft saqlovxonalarini oxirigacha to‘ldiramiz. Hozir — ayni payti», — qo‘shimcha qildi Oq uy rahbari.
Ma’lumot uchun: AQSH shundoq ham dunyodagi eng yirik strategik neft zaxiralariga ega — hozirgi miqdori 600 mln. barreldan oshadi.
Eslatib o‘tamiz, 9 mart, dushanba kuni jahon bozorlarida neft narxi uchdan bir qismidan ko‘proqqa pasayib, 1 barreli 31 dollarni tashkil etgandi. Keyin esa arab davlatlari bundan ham past narxlarda neft taklif qilishni boshladi.
AQSHNeft Sotib OlishStrategik ZaxiraDonald TrampEnergetika VaziriJahon Bozorlarida O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar