23:22 / 14.03.2020
2 478

Koronavirus: Ispaniyada bir kunda 1500 ta yangi holat qayd etildi

Koronavirus: Ispaniyada bir kunda 1500 ta yangi holat qayd etildi
Foto: Reuters
Juma va shanba kunlarining o‘zida Ispaniyada 1500 dan ortiq yangi koronavirus bilan bog‘liq holatlar aniqlangan.
Ayni vaqtda ularning soni 7553 ga yetdi va bu Yevropada Italiyadan keyin ikkinchi o‘rin deganidir.

Avvaldanoq mamlakatda favqulodda holat e’lon qilinishi kutilgan edi. Shu sababli hukumat virusga qarshi kurashish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishni boshlagan.

Bosh vazir Pedro Sanches tomonidan o‘tkaziladigan hukumat yig‘ilishida ham bu holat haqida yanada atroflicha ma’lumot berilishi kutilmoqda.
Shanba kuni mamlakat o‘z fuqarolari sog‘lig‘ini yaxshiroq himoya qilish uchun favqulodda choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ham aytib o‘tilgan.

O‘tgan yakshanba kunidan buyon Ispaniyada zarur choralar ko‘rish yuzasidan ishlar bir necha barobarga kuchaytirilib, barlar, restoranlar, sport va madaniy muassasalar yopib qo‘yildi. Ayni vaqtga kelib Ispaniyada jami 136 kishi ushbu kasallikdan vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus: Ispaniyada bir kunda 1500 ta yangi holat qayd etildi