Yaqin haftalar ichida Yevropada koronavirus oqibatida vafot etayotganlar sonida o‘sish kuzatiladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy vakili Tarik Yazarevichga tayanib, «RBK» xabar berdi.
Yazarevichning so‘zlariga ko‘ra, bir qator davlatlar hali pandemiyaning dastlabki boqichida turibdi.
Ta’kidlanishicha, Italiyada vafot etganlarning aksariyati bundan ikki—uch hafta oldin kasallikka chalingan. Rasmiy vakilning aytishicha, yaqin vaqtlar ichida ushbu mamlakatda infeksiya oqibatida vafot etadiganlar va davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni ortadi. Bundan tashqari, muammo shundaki, Italiyada koronavirusning tez tarqalishi sharoitida bemorlarning boshqalar bilan aloqasini kuzatish ancha qiyinlashgan.
15 mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 156 ming nafardan oshgani xabar qilingan. COVID-19 keltirib chiqargan pnevmoniya kasalligidan o‘lganlar soni 5819 nafarni, tuzalib ketganlar esa 73,9 ming nafarni tashkil etgan. Kasallanish holatlari dunyoning 142 ta mamlakatida qayd etilgan.
O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 6 nafarga yetgan. Mamlakat koronavirus sabab avia va avtoqatnovlarni to‘xtatagan, shuningdek, barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin