
Foto: RIA Novosti
16 mart kechki payt Braziliyaning San-Paulu shtati janubidagi Mongagua shahridagi turmadan 400 ga yaqin mahbus qochib ketdi.
Bu haqda G1 portaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mahbuslar yarim ochiq turdagi axloq-tuzatish koloniyasidan turma xodimlarini garovga olgandan keyin qochib ketgan. Ta’kidlanishicha. koloniyada xodimlar hali ham garovda ushlab turilibdi, politsiya ularni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Politsiya qochoq mahbuslarni tutish uchun yon-atrofni tintishni boshladi.
Portalning ta’kidlashicha, Braziliya qonunchiligiga ko‘ra yarim ochiq turdagi axloq-tuzatish muassasalarida qurollangan soqchilar ko‘zda tutilmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar