10:38 / 18.03.2020
2 895

Vladimir Zelenskiy koronavirusga qarshi kurash uchun biznesmenlardan 500 mln dollar so‘radi

Vladimir Zelenskiy koronavirusga qarshi kurash uchun biznesmenlardan 500 mln dollar so‘radi
Foto: «RIA Novosti»
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi biznesmenlarga murojaat qildi va ulardan yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda yordam berishni, jarayonga taxminan 500 million AQSH dollari ajratishni so‘radi. Bu haqda «RBK»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilgan.
«Men mamlakatning ularni uzoq vaqt davomida boqib kelganini eslatdim. Endi sizlarning ham vatanga ko‘mak beradigan vaqtingiz keldi, deb aytdim», — deya ta’kidladi Zelenskiy.

Zelenskiy pullarning hukumat tomonidan tashkil qilinadigan alohida jamg‘arma hisobiga o‘tkazilishi haqida aytib o‘tgan.
Biznesmenlar bilan uchrashuv 16 mart kuni o‘tkazildi, — deyiladi Ukraina prezidenti rasmiy saytidagi xabarda. Xabarga ko‘ra, uchrashuvda tadbirkorlarning mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashga hissa qo‘shishi lozimligi muhokama qilingan.

«Xususan, katta miqdordagi testlar xaridi va yetkazib berilishida tadbirkorlarning ko‘mak berishi, tibbiyot uskunalarini, himoya va dezinfeksiya vositalarini olishga hissasini qo‘shishi haqida suhbatlashildi», — deyilgan xabarda.

Zelenskiy Oliy Radaga barcha barlar, savdo markazlari va sport zallarining ishlashini taqiqlashni taklif qilgan. Ushbu choralar 17 mart, seshanba kuni, yarim tundan kuchga kirdi. Shu bilan birga, restoran va kafelarga tayyor ovqatlarni uylarga yetkazib berish xizmatiga o‘tishga imkon beriladi. Shuningdek, virus tarqalishiga qarshi chora sifatida metroni 18 mart, chorshanba kuni, peshindan keyin yopib, shahar va tumanlar o‘rtasida temir yo‘l, avia va avtobus harakatini to‘xtatish taklif qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada birinchi marta koronavirus bilan kasallanish holati 3 mart kuni aniqlangandi. 12 mart kuni Ukrainaning Jitomir viloyatida koronavirus infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan 71 yoshli ayol vafot etdi. Kiyevda 12 martdan boshlab koronavirus bo‘yicha karantin joriy etildi, ommaviy tadbirlar taqiqlanadi va maktablar yopildi.

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligining 13 martdagi ma’lumotlariga ko‘ra, Jitomir viloyatidagi holatdan tashqari mamlakatda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana ikkita holat aniqlangan, ularning ikkalasi ham Chernovsi viloyatida qayd etilgan. 2020 yil boshidan beri Ukraina Sog‘liqni saqlash markaziga COVID-19 da gumonlanib, 55 ta xabar kelib tushgan, ularning 49 tasi tasdiqlanmagan, uchtasi tekshirilmoqda.

17 mart kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy STV telekanalida namoyish etilgan dasturda fuqarolarga COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish choralari sifatida mamlakatda joriy etilgan karantin paytida demografik inqirozga qarshi kurashishni tavsiya qilgani hamda Ukrainada koronavirus infeksiyasi keltirib chiqargan pnevmoniya kasalligidan ikkinchi bemor vafot etgani xabar qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Zelenskiy koronavirusga qarshi kurash uchun biznesmenlardan 500 mln dollar so‘radi