date
views 4 311

Italiyada bir sutkada 475 kishi koronavirusdan vafot etdi

Italiyada bir sutkada 475 kishi koronavirusdan vafot etdi
Foto:«MK»
So‘nggi 24 soat ichida Italiyada koronavirus bilan xastalanish natijasida 475 kishi vafot etdi.
Bu haqda Italiya fuqaro himoyasi departamenti boshlig‘i Anjelo Borrelliga asoslanib, TASSga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘limlar soni kasallik boshlangandan buyon rekord ko‘rsatkichdir. Hozirda mamlakatda 35 713 kishi virusni yuqtirgan, vafot etganlar soni 3 mingga yaqinlashdi, 4 mingdan ziyod kishi tuzalib ketdi.
Virus yuqtirganlarning deyarli barchasi Italiyaning shimoliga to‘g‘ri kelmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada bir sutkada 475 kishi koronavirusdan vafot etdi
-->