Foto: Depositphotos
Afg‘oniston hukumati “Tolibon” tomonidan yuqori darajada zo‘ravonlik saqlanib qolinayotgani tufayli 19 mart kuni unga qarshi jangovar harakatlarni qayta boshlashga ko‘rsatma berdi. Bu haqda mudofaa vazirligiga tayanib 1TV telekanali xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, hukumat “Tolibon”ga qarshi amaliyotlarni 29 fevralda AQSH va “Tolibon” o‘rtasida tinchlik sulhi imzolangandan keyin zo‘ravonlik darajasi pasaya boshlanishi bilanoq to‘xtatgandi.
Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Asadulla Holid armiyaga mudofaadan “faol” mudofaaga o‘tishni buyurgan. U endi qo‘shinlar armiya qismlariga hujumlar sodir etuvchi jangarilarga qarshi amaliyotlar o‘tkaza olishini ma’lum qilgan.
Holidning ta’kidlashicha, jangovar amaliyotlarni qayta boshlash qarori “Tolibon” tomonidan yuqori darajada zo‘ravonlik saqlanib qolinayotgani sababli qabul qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi