3 591
Xitoyning Xubeydan tashqari boshqa hududlarida koronavirus bilan kasallangan 282 bemor qoldi
Foto: Reuters
Xitoyning Xubey provinsiyasidan tashqari boshqa mintaqalarida yangi turdagi koronavirus bilan kasallangan 282 kishigina qoldi. Mamlakatda ushbu virusni yuqtirib olgan bemorlarning 87,9 foizi sog‘ayib ketdi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib, «Daryo» xabar berdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 80 967 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 71 150 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan, bu virus oqibatida shifoxonaga tushib qolgan jami kasallarning 87,87 foizini tashkil etadi.
Hozirda Xubey provinsiyasidagi shifoxonalarda 6 287 kishi, qolgan barcha viloyatlarda 282 nafar bemor davolanmoqda.
Xitoyda epidemiya boshlanganidan buyon Xubey provinsiyasidan tashqari 13 167 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, ularning 116 nafari vafot etgan (o‘lim holati 0,88 foiz). Epidemiya o‘chog‘i hisoblangan Xubeyning o‘zida esa kasallar soni 67 800 kishini tashkil etgan bo‘lib, 3132 kishi vafot etgan (o‘lim holati 4,61 foiz).
Shu bilan birga, Uxan shahrida o‘lim holati 4,99 foizni tashkil etgan.
Avvalroq Italiyada COVID-19 koronavirusi oqibatida halok bo‘lganlar soni 3405 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi. Italiya virus oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, 11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni pandemiya deb e’lon qildi. Tashkilotning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning 160 dan ortiq mamlakatida 200 mingdan ortiq odam koronavirusni yuqtirib olgan. JSST koronavirusga qarshi vaksinalarning ilk sinovlari boshlanganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi