Foto: Ju Peng / AP
Vaksina dastlab hayvonlarda sinab ko‘rildi va yaxshi natijalar qayd etilganidan so‘ng klinik tadqiqotlar boshlandi. Sinovlarda asosan Uxan shahrida yashovchi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 108 nafar ko‘ngilli ishtirok etmoqda.
Xitoyda SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi. Bu haqda «21 Shitszi Szinszi Baodao» gazetasi xabar berdi.
Pekin harbiy-tibbiyot akademiyasi epidemiologi Chen Vey boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi adenovirus vektori asosida rekombinant vaksina ishlab chiqdi.
Vaksina dastlab hayvonlarda sinab ko‘rildi va yaxshi natijalar qayd etilganidan so‘ng klinik tadqiqotlar boshlandi. Sinovlarda asosan Uxan shahrida yashovchi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 108 nafar ko‘ngilli ishtirok etmoqda.
Ko‘ngillilar uchta guruhga bo‘lingan bo‘lib, har bir guruhdagilarga turli dozada vaksina yuboriladi. So‘ngra ular 14 kun karantinda saqlanadi va olti oy davomida muntazam tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.
Klinik sinovlar 16 martda boshlandi va 31 dekabrgacha davom etadi. Bu vaqt ichida vaksinaning samaradorligi va nojo‘ya ta’sirlari aniqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi