Germaniya kansleri Angela Merkel o‘zini emlagan shifokorda koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan so‘ng, uy karantinida qolishga qaror qildi, deb xabar beradi Reuters.
Germaniya kansleri bu haqda 22 mart kuni karantin chora-tadbirlari yanada qat’iylashtirilgani e’lon qilinganidan so‘ng bilib qolgan. Yangi tartib-qoidaga ko‘ra, mamlakatda yaqin ikki hafta ichida ikki kishidan ortiq bo‘lgan odamlarning bir joyda to‘planishi taqiqlandi.
Izolyatsiya vaqtida Merkel o‘zining xizmat majburiyatlarini bajarishni davom ettirish niyatida.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya COVID-19 pandemiyasi oqibatida eng ko‘p jabr ko‘rganlar soni bo‘yicha beshta davlat qatoriga kiradi. Jon Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 24 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan, vafot etganlar soni 92 kishiga yetgan.
Ta’kidlanishicha, Germaniya laboratoriyalarida har hafta qariyb 160 mingta tekshiruv o‘tkazilmoqda. Bu Yevropadagi boshqa davlatlarning umumiy hisobda o‘tkazgan tekshiruvlaridan ham ko‘p. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi