Sharqiy Antarktikada dunyodagi eng chuqur muzlik eriy boshladi. Muzlik Denman kanonida joylashgan bo‘lib, uni to‘liq egallagan. Agar muzlik to‘liq erib ketsa, dengiz sathi 1,5 metrga ko‘tariladi. Bu haqda BBC telekanali xabar berdi.
NASA olimlarining ta’kidlashicha, muzlik erishga moyil hisoblanadi.
Denman kanoni dengiz sathidan 3,5 ming metr pastroqqacha cho‘zilgan. Mutaxassislarning taxminicha, muzlik unga iliq okean suvi kirib borayotgani natijasida yemirilmoqda.
Olimlarning ta’kidlashicha, agar kanondagi muz to‘liq erib ketsa, dengiz sathi 1,5 metrga ko‘tariladi.
“Bu qanchalik tez yuz beradi? Aytish qiyin, chunki bunda ko‘plab omillar ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, Denman muzligi oqib ketayotgan kanalning torligi uning oqib ketishini sekinlashtirishi mumkin”, deb aytgan NASA xodimi Virjiniya Brankato.
Uning aytishicha, hozir ko‘proq ma’lumot to‘plash va muzlik evolyutsiyasini sinchkovlik bilan kuzatib borish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"