22:38 / 24.03.2020
4 403

Sayyoradagi eng chuqur muzlik eriy boshladi

Sayyoradagi eng chuqur muzlik eriy boshladi
Sharqiy Antarktikada dunyodagi eng chuqur muzlik eriy boshladi. Muzlik Denman kanonida joylashgan bo‘lib, uni to‘liq egallagan. Agar muzlik to‘liq erib ketsa, dengiz sathi 1,5 metrga ko‘tariladi. Bu haqda BBC telekanali xabar berdi.

NASA olimlarining ta’kidlashicha, muzlik erishga moyil hisoblanadi.
Denman kanoni dengiz sathidan 3,5 ming metr pastroqqacha cho‘zilgan. Mutaxassislarning taxminicha, muzlik unga iliq okean suvi kirib borayotgani natijasida yemirilmoqda.
Olimlarning ta’kidlashicha, agar kanondagi muz to‘liq erib ketsa, dengiz sathi 1,5 metrga ko‘tariladi.

Bu qanchalik tez yuz beradi? Aytish qiyin, chunki bunda ko‘plab omillar ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, Denman muzligi oqib ketayotgan kanalning torligi uning oqib ketishini sekinlashtirishi mumkin”, deb aytgan NASA xodimi Virjiniya Brankato.
Uning aytishicha, hozir ko‘proq ma’lumot to‘plash va muzlik evolyutsiyasini sinchkovlik bilan kuzatib borish lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sayyoradagi eng chuqur muzlik eriy boshladi