Foto: «AP Photo»
Saroy a’yonlari va xizmatkorlarida virus aniqlangach, Malayziya qiroli sulton Abdulla Riyyatuddin Al-Mustafo va qirolicha Aziza Amina Maymuna Iskanderiya COVID-19 koronavirus infeksiyasiga tahlil topshirishdi. Hozir ular karantinda, deb xabar berdi «The Star» gazetasining internet shakli.
«Ularning tahlil natijalari manfiy chiqdi, biroq hazrati oliylari kecha boshlangan 14 kunlik karantinda bo‘lishlari zarur», — deyiladi Qirol saroyi Byurosi bayonotida. Uni saroy bosh inspektori Ahmad Fadil Shamsuddin o‘qib eshittirdi, deb yozadi gazeta.
Ayni vaqtda, Malayziya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, epidemiya boshlangandan buyon mamlakatda 1 796 kishi kasallangan, 199 kishi tuzalgan, 21 kishi hayotdan ko‘z yumgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat