23:53 / 26 марта 2020
2 575

Dunyodagi eng yosh milliarder ayol koronavirus bilan kurashish uchun 1 mln dollar xayriya qildi

Dunyodagi eng yosh milliarder ayol koronavirus bilan kurashish uchun 1 mln dollar xayriya qildi
Foto: Imagespace
Amerikalik model Kayli Jenner koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlariga himoya kiyimlari va niqoblar sotib olish uchun bir million dollar ajratdi. Bu haqda amerikalik akusher-ginekolog Tais Aliabadi o‘z Instagram’ida ma’lum qildi.

Tibbiyot xodimi Kayli Jennerni «Yerdagi go‘zal farishta» deb atadi.
«Sen mening qahramonimsan. Bu xayriya ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin», — deydi akusher-ginekolog.

Jennerning o‘zi shifokorning posti ostida izoh qoldirib, uni yaxshi ko‘rishini bildirgan hamda o‘z ishini sidqidildan amalga oshirayotgani uchun minnatdorchilik izhor etgan.
Realiti-shou yulduzi hisoblangan Kayli Jenner o‘zining shaxsiy kosmetik brendiga asos solgan. U bir yil avval dunyodagi eng yosh milliarder ayol deb topilgan.

milliarder ayol Kayli Jenner xayriya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)