3 274
Italiyalik milliarderlar davlatning koronavirusga qarshi kurashiga qanday hissa qo‘shmoqda?
Foto: Vittorio Zunino Celotto / Getty Images
Ushbu haftada Italiyada koronavirus infeksiyasi yuqtirganlar soni 40 ming kishidan oshib ketdi. Kasallikdan 3400dan ortiq kishi vafot etdi – bu Xitoydagidan ham ko‘p.
Mamlakatning eng badavlat kishilari koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashda o‘z hissalarini qo‘shmoqda.
Moda olami afsonasi Jorjo Armani Milan va Rimdagi kasalxonalarga hamda epidemiyaga qarshi kurashni boshqaruvchi fuqaro muhofazasi agentligiga 1,4 mln dollarga yaqin mablag‘ o‘tkazib berdi.
Massimiliane Landini Aleotti va uning oilasiga qarashli Menarini farmatsevtika giganti Florensiyadagi fabrikasining bir qismini kasalxonalar uchun antibakterial gel ishlab chiqarishga ixtisoslashtirdi.
Fevralda inqiroz boshlanganidan buyon italiyalik milliarderlar kasalxonalar, sog‘liqni saqlash xizmatlari va davlat muassasalariga 28 mln dollardan ortiq pulni xayriya qildi.
«Meni hammasidan ham mamlakatimiz va butun dunyodagi sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyat ko‘proq tashvishlantirmoqda. Uzoq muddatli iqtisodiy oqibatlarni baholashga hali erta. Ammo tarix bizni chuqur inqiroz vaqtida yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishiga o‘rgatmoqda», dedi Armani Forbes bilan suhbatda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi