Foto: PMG (arxiv)
Afg‘onistonning Uruzg‘on viloyatidagi markaziy turmadan prezident Ashraf G‘ani nomidan chiqarilgan soxta farmon bilan 30 mahbus ozod etildi.
Bu haqda «Pajvok» axborot agentligi xabar berdi.
Politsiya “prezident farmoni” soxtaligini anglagach, ozod etilgan mahbuslarni ushlash bo‘yicha amaliyotni boshlagan.
Ta’kidlanishicha, bu Afg‘onistonda prezident farmonining birinchi soxtalashtirilishidir. Fuqarolar prezident farmonlari soxtalashtirilayotgan bo‘lsa, unda hech kimga ishonch qolmaganini aytishgan.
Ko‘rinishicha, jinoyatchilar Afg‘onistonda AQSH va “Tolibon” o‘rtasidagi kelishuvga binoan panjara ortida ushlab turilgan toliblar ozod qilinayotganidan foydalanib qolishgan.
Ayni vaqtda viloyat politsiyasi mahbuslarni topib, ularni turmaga qaytarish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirmoqda.
25 mart kuni Vardaq viloyatidagi turmadan “Tolibon” a’zosi hisoblangan 9 mahbus ozodlikka chiqarilgan. Ular Ashraf G‘ani farmoni bilan ozodlikka chiqarilgan birinchi toliblar bo‘lgan. Ozod etilganlar hukumatga boshqa jangovar harakatlarga qaytmaslikka va’da bergan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film