3 856
Putin G20 davlatlariga savdo urushlari va xalqaro sanksiyalardan voz kechishni taklif qildi
Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati
Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus pandemiyasi munosabati bilan chaqirilgan G20’ning favqulodda sammitida dori-darmon, oziq-ovqat, asbob-uskunalar va texnologiyalarni o‘zaro yetkazib berish uchun savdo urushlari va xalqaro sanksiyalardan voz kechishni taklif qildi. Bu haqda Meduza'ga tayanib Daryo xabar bermoqda.
«Biz birinchi navbatdagi zarur tovarlarni cheklashga, shuningdek, ularni sotib olish uchun moliyaviy tranzaksiya chekloviga yakdillikda moratoriy joriy etishimiz kerak», — degan Putin.
U, shuningdek, Xalqaro valyuta fondi qoshida pandemiyadan aziyat chekkan mamlakatlarga moliyaviy yordam berish uchun maxsus jamg‘arma tashkil etishni taklif qildi.
Qayd etilishicha, G20 sammiti videoaloqa shaklida o‘tkazilgan. Sammit natijalari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilingan bo‘lib, «Katta yigirmatalik» davlatlari koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozni yechish uchun 5 trillion AQSH dollari ajratishga kelishgan.
«Aftidan, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq muammolar 2008—2009 yillardagi moliyaviy inqirozdan ham kuchliroq zarbalarga olib kelishi mumkin, savdo mojarolari va sanksiyalar esa retsessiyani kuchaytiradi», — degan Putin.
Birinchi navbatdagi zarur tovarlarga oziq-ovqat mahsulotlari kiradi. Rossiyada 2014 yildan buyon oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga taqiq o‘rnatilgan.
Avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristalina Georgiyeva 2020 yilda jahon iqtisodiyotini 2008 yildagidan ham og‘irroq retsessiya kutayotganini, koronavirus oqibatida qiyinchiliklarga, asosan, rivojlanayotgan davlatlar duch kelishi kutilayotganini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada bir sutkada koronavirusga chalinganlar soni rekord darajada ko‘paydi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 25 mart holatiga ko‘ra, 658 kishiga yetgan. Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari 24 ming kishidan oshib ketdi. Kasallikni yuqtirib olganlar soni esa 531,7 ming kishidan oshgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?