
Foto: theolivepress.es
Ispaniyada koronavirus infeksiyasidan halok bo‘lganlar soni bir kunda 769 nafarni tashkil etib, jami qurbonlar soni 4858 nafarga yetdi. Bu haqda «The Sun»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning 64599 nafar aholida virus aniqlangan. Halok bo‘lganlarning soni bo‘yicha Ispaniya hozirda Italiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. Italiyada hozirgacha 8,215 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Ispaniya virus tasdiqlanganlan soni bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallamoqda.
«Virusni yuqtirgan tibbiyot xodimlarining soni bugungi kunda qariyb 9,5 mingga yetdi», deya bayonot bergan hukumat vakillari. Ya’ni, har kasalga uchragan 6 bemorning biri shifokorlarning hisobiga to‘g‘ri kelyapti.
Yevropa rahbariyati tomonidan Ispaniya pandemiyaga qarshi kurashda xatolarga yo‘l qo‘yayotganlikda ayblanmoqda. Ispan shifokorlari esa kasallikka qarshi kurashda ularga tibbiyot buyumlari va himoya vositalari yetishmayotganini iddao qilishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar