Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev viloyat hokimi lavozimiga ayol kishini tayinladi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.
"Abdilkalikova Gulshara Naushayevna Qizilo‘rda viloyati hokimi etib tayinlansin", deyiladi prezidentning farmonida.
Toqayevning maslahatchisi Yerlan Karinning so‘zlariga ko‘ra, prezident avvalroq partiya ro‘yxatlarining 30 foizi yoshlar va ayollardan bo‘lsin degan g‘oyani ilgari surgan edi. Bu haqda qonun loyihasi ham ishlab chiqildi.
Abdilkalikova Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi deputati bo‘lgan. Ungacha Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri, Prezident maslahatchisi, Bosh vazir o‘rinbosari, Davlat kotibi lavozimlarida ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi