Shtat sog‘liqni saqlash rasmiylariga ko‘ra, bola onasining jasadi bilan Gruziyadagi uyda, onasi koronavirusdan vafot etganidan ancha vaqt o‘tib topilganligi ma’lum qilindi.
Sog‘liqni saqlash rasmiylari ayolni yolg‘iz qizchasi bilan yashaganligini va u 42 yoshda bo‘lib, vafot etgandan so‘ng ham 12 yoki 16 soatgacha o‘lik holda yotgan deb taxmin qilishmoqda. Uning bolasi, 4-5 yoshda bo‘lib, onasi vafot etganida u uyda edi. Bolada virus mavjudligi hali aniq emas. Atlanta Konstitutsiyasiga binoan, ushbu yerda ijtimoiy xavfsizlik tekshiruvi o‘tkazilgach, jasad hokimiyat organlari tomonidan topilgan.
Ayol Piyedmont-Nyuton kasalxonasida mammograf bo‘lib ishlagan, uning virusni qanday yuqtirganligi noma’lum. Ammo County Kengashi vakili Richard Xok uning koronavirus bilan kasallangan bemor bilan suhbatda bo‘lganligini tasdiqladi.
Bugungi kunga qadar Gruziyada 1000 dan ortiq koronavirus holatlari qayd etilgan, ularning 38 tasi o‘limga olib kelgan.
Yaqinda Ispaniyada armiya kuchlari virusga munosabat bildirishib, nopok sharoitda yashaydigan qariyalar uylarida va virusdan o‘lgan katta yoshdagi aholi jasadlarini topdilar. Ispaniyadagi qariyalar uyi vakilining so‘zlariga ko‘ra, ba’zi hollarda jasadlar haddan tashqari ko‘pligi sabab, dafn marosimi o‘tkazilishi navbatini kutib, jasadlar bir kundan ko‘proq vaqt yotoqda yotganliklarini ta’kidlashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Global Janub kimniki?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi