24 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutilmagan tashrif bilan Kommunarka (Moskva)dagi shifoxonaga borgan edi. U yerdagi palatalardan birida prezident Garkavi ismli bemor bilan uchrashadi. Uchrashuvdan so‘ng Garkavi tezda "tuzalib ketdi".
Bu voqea runetda ancha shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Kimdir uni FSB xodimi deb atagan bo‘lsa, yana birov "Mosfilm"ning aktyori deb atadi. Meduza nashri ushbu bemor bilan suhbat uyushtirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Dmitriy Garkavi Sechenov nomidagi birinchi tibbiyot universiteti davolash-diagnostika alohida klinikasi rahbari, yosh ortoped-shifokor ekan.
U 19 mart kuni Kommunarkadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga koronavirus ehtimoli bilan yotqiziladi. Birinchi analiz natijalari salbiy chiqadi, ya’ni unda koronavirus aniqlanmaydi.
Garkavi chet elda bo‘lmagan. Nima uchun aynan u bilan ko‘rishgani so‘ralganda, "Birinchidan, menda koronavirus aniqlanmadi va bu xavfsizlikni ta’minlaydi, ikkinchidan, men shifokorman, men unga virus haqida aljiramayman" deb javob beradi.
Garkavi tashrif haqida oldindan ogohlantirilmagan, ya’ni tayyorlanmagan bo‘ladi. Faqat ikki daqiqa oldin unga bu haqda xabar beriladi.
U hozirda ahvoli yaxshiligini va koronavirus uchun uchinchi test topshirganini aytib so‘zlarini yakunlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida