11:25 / 02.04.2020
3 428

Bir xil obrazda bir necha marta ko‘rinish berishdan uyalmaydigan taniqli va badavlat ayollar

Bir xil obrazda bir necha marta ko‘rinish berishdan uyalmaydigan taniqli va badavlat ayollar
Aksariyat ayollar sevimli kiyimlarini bir necha yillar mobaynida kiyib yuradi. Mashhur va badavlat ayollar orasida ham omma oldiga bir marta kiyib chiqqan kiyimida yana ko‘rinish berishdan uyalmaydiganlari ham bor. Cosmopolitan nashri bitta obrazni bir necha marta takrorlagan taniqli ayollar haqida maqola chop etdi.

Keyt Midlton

Foto: Cosmopolitan
Keyt Midlton 2017 yilning fevrali, 2011 yilniing fevrali va 2014 yilning avgustida bir xil kiyimda ko‘rinish bergan.
Uning egnida Luisa Spagnoli brendining qizil kostyumi.

Xeyli Bolduin

Foto: Cosmopolitan
Xeyli o‘ziga xos uslubi bilan doim boshqalardan ajralib turadi. U Yeezy kostyumida ikki marta ko‘ringan.

Selena Gomes

Foto: Cosmopolitan
Nafis moviy rangli ushbu ko‘ylakni Selena 2017 yil sentabr oktabr oylarida egnidan qo‘ymay kiygan. Ma’lumot uchun, ushbu rangdagi kiyimlar hozir ham urfda.

Jeyn Fonda

Foto: Cosmopolitan
Jeyn YSL brendining ushbu kostyumiga qattiq bog‘lanib qolgani uchun bir necha tadbirlar hamda kechalarga shu kiyimda borgan.

Xelena Bonem Karter

Foto: Cosmopolitan
Xelena aynan shu obraz unga juda yarashganini anglagan holda tortinmasdan unda bir necha marta ko‘ringan.

Sofi Loren

Foto: Cosmopolitan
Sofi Loren «Oltin globus» taqdimoti va Italiya birligi yubileyida ham aynan bitta obrazda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bir xil obrazda bir necha marta ko‘rinish berishdan uyalmaydigan taniqli va badavlat ayollar