Foto: Getty Images
Xitoyning COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlangan Uxan shahrida yashovchi Tagir Izmailov shahardagi ayni paytdagi vaziyat haqida gapirib berdi, deb xabar bermoqda RTga tayanib Daryo nashri.
Uning aytishicha, 8 aprelga qadar hamma ham metro xizmatidan foydalanish huquqiga ega emas. «Mobil telefoningizda karantin paytini hech qanday kasalliklarsiz o‘tkazganingizni, ya’ni virusdan xoli ekaningizni ko‘rsatuvchi profaylni ko‘rsatishingiz kerak», — deydi u.
Uning ta’kidlashicha, shaharda hech kim niqobsiz yurmaydi, megapolisda hali ham ruxsatnoma asosida kirish-chiqish tizimi amal qilmoqda.
«Ya’ni shahar hali to‘liq ochilgani yo‘q, lekin bunga oz qoldi — 1 hafta… Aytish mumkinki, Xitoy mentalitetining o‘ziga xosligi hukumatga qo‘l keldi. Aynan bugun ko‘chaga chiqqanimda haqiqatan ham ancha odam uyda o‘tirganini angladim. 14 million aholiga ega shaharda 2 haftacha oldin atigi bir juft mashina, bir juft odam bor edi xolos», — deydi Izmailov.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati shaharga kirish-chiqishni koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 22 yanvar kuni yopib qo‘ygandi. Xubey provinsiyasi sog‘liqni saqlash qo‘mitasi 25 mart kuni yarim tundan boshlab provinsiyaga kirish-chiqishda cheklovlar olib tashlanganini ma’lum qilgan. Faqat Uxan shahrigina hozircha bundan mustasno. Karantin rejimini 8 aprelda olib tashlash rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi