Putin rossiyaliklarga yangi murojaat bilan chiqish qildi — karantin uzaytirildi (video)

Putin rossiyaliklarga yangi murojaat bilan chiqish qildi — karantin uzaytirildi (video)
Foto: Kremlin.ru
Koronavirus infeksiyasining tarqalishi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin o‘z xalqiga ikkinchi murojaat bilan chiqish qildi. U 30 aprelgacha ish kunlarini bekor qilib, hududlarga qo‘shimcha vakolatlar berdi.

Rossiya prezidenti aholining santariya-epidemiologiya osoyishtaligini ta’minlash uchun joriy etilgan «dam olish kunlari»ning aprel oyi oxirigacha cho‘zilishini e’lon qildi.
«Agar sharoit taqozo etsa, e’lon qilingan dam olish kunlarini qisqartirish tomonga tuzatamiz», – deya Rossiya prezidenti so‘zlarini keltirmoqda RBK.

O‘tgan safar Putin 25 mart kuni rossiyaliklarga telemurojaat qilib, 30 martdan 5 aprelgacha ishlanmaydigan haftani e’lon qilgan edi.
Korxonalar bu holatda xodimlarning maoshlarini saqlab qolishlari shart edi. Dam olish kunlari mehnat ta’tili hisobidan qoplanmasligi e’lon qilingan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar