Foto: AP Photo/Richard Drew
BMT Bosh assambleyasi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda global birdamlik va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqiruvchi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Bu xalqaro tashkilotning pandemiya bo‘yicha birinchi qarori hisoblanadi.
Rezolyutsiya matni Norvegiya, Shveysariya, Singapur, Lixtenshteyn va Gana tomonidan tayyorlanib, 188 ta davlat unga hammuallif hisoblanadi.
Bosh assambleyada rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berish pandemiya sababli yig‘ila olinmayotgani sababli yangi qoidalar bo‘yicha o‘tkazilgan.
Oxirgi muddat tugagungacha hujjat bo‘yicha biror e’tiroz bo‘lmagani sababli u bir ovozdan qabul qilinib, kuchga kirgan.
Rezolyutsiyada koronavirusning jamiyatga vayronkor ta’siri, iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazayotgani, global safarlar va savdoga e’tibor qaratilgan.
Unda xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va BMTning pandemiyaga qarshi global javob berishda markaziy rol o‘ynashi, nochor davlatlarga va pandemiyadan eng ko‘p jabr ko‘rgan davlatlarga ko‘mak ko‘rsatish zarurligi ta’kidlab o‘tilgan.
Bundan tashqari, koronavirusga qarshi kurashda tahqirlash va ksenofobiyaning har qanday turidan voz kechish va inson huquqlarini hurmat qilish lozmligi belgilab qo‘yilgan.
Hujjat, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni koronavirusga qarshi kurashdagi ma’lumotlar, bilimlar va yutuqlar bilan bo‘lishishga chaqiradi.
Bu orada Rossiyaning pandemiya xavfi ortida barcha savdo urushlariga chek qo‘yishga hamda BMT Xavfsizlik kengashi ma’qullovisiz kiritilgan bir tomonlama sanksiyalardan voz kechishga chaqiruvchi rezolyutsiyasi loyihasi qo‘llab-quvvatlanmagan. Unga AQSH, Yevropa ittifoqi va Ukraina qarshi chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi