Foto: Reuters
Sog‘lom odamlar niqob taqishi shart emas va niqobning o‘zi koronavirusdan himoyalashni kafolatlamaydi. «RIA Novosti»ning yozishicha, bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy vakili Tarik Yazarevich ma’lum qilgan.
«Bizning bu boradagi fikrimiz o‘zgarmadi. Sog‘lom odamlarning tibbiy niqob taqishi talab etilmaydi. Kasallik alomatlari bo‘lganlar esa boshqalarni himoya qilish uchun niqob taqishi kerak. Shuningdek, bemorlarga qarayotganlarning barchasi kasallik yuqtirib olmasligi uchun tibbiy niqob taqishi shart», — degan u.
JSST vakilining ta’kidlashicha, tibbiy niqobning o‘zi koronavirusdan himoya qilishni kafolatlamaydi.
«U boshqa choralar bilan birgalikda qo‘llanilishi lozim. Muammo shundaki, niqob taqqan odamlarda himoyalanganlikning yolg‘on hissi paydo bo‘lib, qo‘lni yuvish kabi boshqa narsalarni unutishi mumkin. Shuningdek, niqobni to‘g‘ri taqishni bilmasangiz, yuzingizga odatdagidan ham ko‘proq tegishni boshlaysiz», — deya qo‘shimcha qilgan u.
Uning ta’kidlashicha, butun dunyodagi shifokorlar va tibbiyot xodimlari birinchi navbatda yetarli darajada barcha himoya vositalariga ega bo‘lishi lozim. Buning uchun esa ularning oddiy odamlar tomonidan ommaviy sotib olinishini cheklash lozim.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 25 martdan boshlab jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Niqobsiz yurgan shaxslar jarimaga tortiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?