22:53 / 03.04.2020
2 247

Putin OPЕK+ va AQSH bilan birgalikda neft qazib olishni qisqartirishga tayyorligini bildirdi

Putin OPЕK+ va AQSH bilan birgalikda neft qazib olishni qisqartirishga tayyorligini bildirdi
Foto: Getty Images
2 aprel kuni AQSH prezidenti Donald Trampning Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkinligi to‘g‘risidagi bayonotidan so‘ng neft narxi keskin ko‘tarildi.

Rossiya boshqa davlatlar bilan birgalikda neft qazib olish hajmini sutkasiga 10 mln barrelgacha qisqartirishga tayyor, dedi mamlakat prezidenti Vladimir Putin.

«Albatta, bu hamkorlikda amalga oshishi shart», — dedi u.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQSH va OPЕK+ qatnashchi-davlatlari bilan kelishishga tayyor.

«O‘zaro hamkorlik deganimda, barcha, jumladan hamkorlarimiz ham gap inqirozgacha bo‘lgan hajmdan, ya’ni shu yilning birinchi choragida qazib olingan hajmdan qisqartirish to‘g‘risida ketayotganini tushunishadi, deb o‘ylayman», — deb qo‘shib qo‘ydi Rossiya prezidenti.

2 aprel kuni AQSH prezidenti Donald Trampning Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkinligi to‘g‘risidagi bayonotidan so‘ng neft narxi keskin ko‘tarildi.
Saudiya Arabistoni esa OPЕK+ qatnashchi-davlatlari va boshqa davlatlarni zudlik bilan uchrashuv o‘tkazishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin OPЕK+ va AQSH bilan birgalikda neft qazib olishni qisqartirishga tayyorligini bildirdi