Foto: AFP
Buyuk Britaniyada bir kun ichida koronavirusdan 684 kishi vafot etib, qurbonlar umumiy soni 3605 nafarga yetdi. Bu haqda qirollikning sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Qirollikda umumiy kasallanganlar soni 38 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.
Ta’kidlash joiz, Britaniya koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketib, dunyo bo‘yicha 5-o‘ringa chiqdi. Koronavirus tarqalishi boshlangan Xitoyda virusdan vafot etganlar soni 3322 nafarni tashkil qilmoqda. Xitoyda koronavirus tarqalishiga deyarli barham berilgan bo‘lsa, Britaniyada kasallanish va o‘lim holatlari o‘sishi tezlashmoqda.
Avvalroq mamlakat bosh vaziri Boris Jonson koronavirusga chalingandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, u hozircha uyda karantinda qoladi, chunki uning tana harorati balandligicha qolmoqda.
Bu orada koronavirusning yana bir jabrdiydasi - Britaniya valiahd shahzodasi Charlz kasallikdan forig‘ bo‘ldi. Biroq unga hozircha boshqalar bilan aloqa qilmaslik tavsiya qilingan. 3 aprelda shahzoda videoaloqa orqali koronavirusga chalinganlar uchun mo‘ljallangan yangi shifoxona ochilishida qatnashgan.
Shuningdek, 5 aprelda Britaniya qirolichasi Yelizaveta II pandemiya ortida millatga murojaat qilmoqchi.
Ayni vaqtda koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Italiya 1-o‘rinda turibdi. Ushbu mamlakatda vafot etganlar soni 14681 nafarni tashkil qilmoqda. Britaniya bu borada Italiya, Ispaniya (10935 qurbon), AQSH (6803 qurbon) va Fransiyadan (6507 qurbon) keyingi o‘rinni egallamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi