Foto: Getty Images
Hindistonda erkak karantin vaqtida o‘z shahriga yetib olish uchun o‘zini o‘lganga soldi.
Hindistonning Punch shahrida (Kashmir) yashovchi 70 yoshli Hakim Din koronavirus tarqalishi oldini olish uchun kiritilgan karantin sharoitida uyiga yetib olish uchun o‘zini o‘lganga soldi. Bu haqda The New Arab sayti xabar berdi.
Qariya Jammu shahridagi shifoxonada boshidagi jarohatdan davolanayotgan bo‘lgan. Bu orada 1 aprelda mamlakatda karantin rejimi kiritilgan. Shundan keyin erkak uyiga yetib olish uchun nayrang ishlatishga qaror qilgan.
Tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi erkakka Pokiston bilan chegarada joylashgan uyigacha yetib olishi uchun yo‘llardagi kordonlardan o‘zini o‘lganga solib o‘tib olishni taklif qilgan.
Din va yana uch kishi tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonadan berilgan o‘lim haqidagi qalbaki hujjatlar bilan 160 km yo‘l bosib, bir nechta kordonlardan o‘tgan. Biroq oxirgi blokpostda ularni politsiya “xitlab qolgan”.
Politsiyachilardan biri avtomobilda choyshab ostida yotgan erkak tirik bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Aldov fosh bo‘lgach, qoidabuzarlar hibsga olinib, karantinga joylangan. Politsiya boshlig‘i Ramesh Angralning ma’lum qilishicha, erkaklar firib qo‘llaganlik va taqiqlovga bo‘ysunmaganlik uchun jarimaga tortilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin”
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi