Foto: Unilad
AQSHning Massachusets shtati Boston shahrida yashovchi ayol uch farzandi uchun supermarketdan olayotgan mahsulotlarga pul to‘lay olmadi. Ayol koronavirus pandemiyasi sabab joriy qilingan karantin tufayli ishsiz qolgan edi, deb yozadi Unilad.
37 yoshli aeroport xodimasi Jennifer Velaskes plastik kartasida pul kamligi uchun zarur mahsulotlarni sotib ololmagan. Xafa bo‘lgan ayol ko‘chaga chiqib, trotuarga o‘tirib, yig‘lab yuborgan.
Yig‘lab o‘tirgan ayolning yoniga Ben Pegero ismli politsiyachi keldi hamda undan hol-ahvol so‘raydi.
Ayol pandemiya sabab karantin tufayli ishsiz qolganini aytgan. Politsiyachi vaziyatdan xabar topgach, supermarketga kirib 225 dollarga oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olgan.
Foto: Unilad
Politsiyachi yeguliklar uchun pulni o‘z hisobidan to‘lagan.
«Men odamlarga yordam berishni yaxshi ko‘rganim uchun politsiyaga ishga kirganman. Men o‘z ishimni yaxshi ko‘raman», — deydi Pegero. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?