Armanistonning Tavush viloyatida O‘zbekiston fuqarosi koronavirusga chalingani aniqlandi. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik erkak Armanistonga Bagratashen nazorat o‘tkazish punkti orqali kirgan yuk mashinasi haydovchisi hisoblanadi. Haydovchining harorati baland bo‘lgani sababli u darhol izolyatsiya qilinib, kasalxonaga olib borilgan.
Shuningdek, Qozog‘istoning Mang‘istov viloyati Aqtov shahrida vaqtinchalik yashayotgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosida 6 aprel kuni koronavirus aniqlangan. Ular Qizilo‘rda viloyatida koronavirusga chalingan shaxs bilan aloqada bo‘lgani aytilmoqda. Mazkur fuqarolar yashagan ko‘p qavatli uy karantinga olingan.
Avvalroq AQSHda ikki nafar o‘zbekistonlikning koronavirusdan vafot etgani hamda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur ma’lumotni tasdiqlagani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, mart oyining oxirida Avstriyada ham O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi