Foto: «RIA Novosti»
Sog‘lom odamga koronavirus yuqishi holatining o‘ntadan bittasi tashqi muhitdan yuz berishi mumkin. Bu haqda singapurlik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga tayanib, AQSHning Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ma’lum qildi, deb yozmoqda «RIA Novosti».
Tadqiqot 2020 yilning 23 yanvaridan 16 martiga qadar Singapurda 243 nafar bemorning tekshiruvlari asosida o‘tkazilgan. Ularning 157 nafari mamlakat hududida kasallangan.
Xususan, 52 yoshli ayol koronavirusni cherkovdagi o‘rindiqqa o‘tirib yuqtirib olgan. Mazkur o‘rindiqqa ayoldan bir necha soat oldin ikki nafar xorijlik virus tashuvchi o‘tirgan. O‘sha vaqtda mazkur xorijliklarda kasallik alomatlari yuzaga chiqmagan edi.
Ta’kidlanishicha, koronavirusning alomatlari yuzaga kelishidan oldin tarqalishi uning oldini olish bo‘yicha choralarni qiyinlashtirmoqda va ijtimoiy masofa saqlash zarurligini ko‘rsatmoqda. AQSHning Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligini kasallanganlar bilan aloqada bo‘lganlarni aniqlashda tashqi muhitdan zararlanish ehtimolini hisobga olishga chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi