Qirg‘izistonda koronavirus tarqatganlik uchun dastlabki jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi mamlakat COVID-19ga qarshi kurashish shtabi.
Xabarda aytilishicha, gumonlanuvchi – O‘sh viloyatida yashovchi shaxs karantin qoidasini buzgani uchun ushlangan. Tekshiruv davomida uning koronavirusga chalinganligi aniqlangan.
"Afsuski, u kasalligini o‘z qarindoshlari, do‘stlari, hamkasblaridan yashirgan va virus tarqatgan. U hozirda observatoriyada ushlab turilibdi. Tuzalganidan keyin 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etiladi", - deb ma’lum qildi shtab vakili.
Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirish holatlari 228 taga yetgan, to‘rt kishi vafot etgan. Respublikada favqulodda vaziyat rejimi, qator shaharlar hamda poytaxtda favqulodda holat rejimi joriy etilgan.
JSSTning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 1,21 milliondan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan, 67,6 ming kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi