
Foto: «kurier.at»
Avstriyaning Tirol federal hududida 95 yoshli otaxon koronavirusdan tuzalib, bugun, ya’ni 7 aprel kuni klinikadan chiqdi, deb yozadi «Kurier» nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qariyalar uyida yashovchi otaxonda 15 mart kuni yangi infeksiya alomatlari — holsizlik, isitma va yo‘tal kuzatilgan. U 18 martdan beri Insbruk klinikasining infeksion bo‘limida davolandi.
Shifoxonaga yotgach bemor ahvoli kundan-kunga yaxshilana boshlagan. Uch haftadan so‘ng, koronavirusga topshirilgan tahlil natijalari manfiy chiqdi va unga ruxsat berildi. «Bu mo‘’jiza keksa yoshda ham ushbu kasallikni yengish mumkinligini ko‘rsatdi», — deydi infeksion bo‘lim boshlig‘i Roza Belman-Vayler.
Avstriya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, respublikada koronavirus tufayli vafot etganlar soni 243 nafarga yetgan, 12,5 ming kishi kasallangan. Ayni vaqtda ushbu mamlakatda bir kecha-kunduzda koronavirusdan tuzalganlar xastalikka chalinganlar sonidan oshadi.
AvstriyaTirolKoronavirusYoshi KattaShifoxona DavolashOta Onalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing