O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedov koronavirusga qarshi kurash uchun Xitoydan tibbiyot vositalari yuboradi.
Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi saytida xabar berilgan.
Manbada aytilishicha, ayni damda Shanhayda bo‘lib turgan Odil Ahmedov o‘z hisobidan tibbiyot xodimlari uchun maxsus kombinezon, himoya ko‘zoynagi va yuz shlemidan iborat tibbiy vositalarni O‘zbekistonga yuboradi. O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi milliy jamoa sardori homiylik qilgan gumanitar yordam Toshkentga yetib kelishini ta’minlaydi.
Ma’lumot uchun, Odil Ahmedov koronavirus pandemiyasi O‘zbekistonga kirib kelgach, ikkinchi marta xayriya ishlarida qatnashdi. Oldinroq futbolchi aka-ukalari bilan Namangandagi kam ta’minlangan oilalarga 500 million miqdorida oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilgani aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi