Foto: TASS
Koronavirus pandemiyasi davlatlararo munosabatlar shaklini o‘zgartirishga olib kelmoqda va bir-biri bilan raqobat qiluvchi davlatlarni yaqinlashtirmoqda. Bunday fikrni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zining “Biz birdam bo‘lganda – yengilmasmiz” deb nomlangan maqolasida bildirib o‘tdi.
“Bugun insoniyat yo‘lning ayrilish joyida turibdi. Hozirgi vaziyatning o‘ziga xosligi shundaki, avval geosiyosat, iqtisodiyot, ekologiya, jamiyat hayotining bunday ko‘p jihatlarini qamrab olmagan hozirgi turnaqator muammolar davlatlararo munosabatlar shaklini o‘zgartirishni boshladi. Bu borada buyuk hind insonparvari Mahatma Gandining so‘zlarini eslash o‘rinli bo‘ladi: “Agar dunyoni o‘zgartirishni istasang, avval o‘zingdan boshla”. Kechagina bir-biriga o‘zaro to‘siqlar qo‘yayotgan, sanksiyalar “urushi”ga kirishgan davlatlar, hozirda bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Bu global ko‘lamda yuz berayotgan jiddiy o‘zgarishlar boshlanganining isbotidir”, deb yozgan Nazarboyev o‘z maqolasida.
Qozog‘istonning birinchi prezidenti o‘z maqolasida jahon tarixidan o‘nlab yillar va hattoki asrlar davom etgan ko‘plab urushlar, tarang vaziyatlar va ixtiloflar joy olganini eslab o‘tgan.
“Millionlab odamlar hayotini olib ketgan epidemiyalar ham yuz bergan. Ammo insoniyat bularning barchasida g‘alaba qozongan. Hozirgi musibatlarni ham yengib o‘tamiz. Dunyo davlatlari bu og‘ir vaziyatdan saboq chiqarishlari lozim”, deb hisoblamoqda Nazarboyev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?