
Bir necha kundan beri menga Rossiya televideniyesida chiqqan bir rolikni qayta va qayta yuborishmoqda. Unda aytilishicha, Rossiyada ishlab chiqarlayotgan kalidavir preparati COVID-19 xastaligida samarali ta’sirga ega ekan. Aytilishicha, unga talab kundan-kunga ortmoqda va u koronavirusni davolar ekan. Mendan ushbu xabar to‘g‘rimi, deb so‘rashmoqda. Xo‘sh, haqiqiy ahvol qanaqa?
Kalidavir bu – lopinavir va ritonavir preparatlarining yig‘indisidan tashkil topgan OIV virusiga qarshi qo‘llaniladigan preparat. U haqiqatdan ham OIV virusida samarali natija beradi. Bu endi alohida mavzu.
Ushbu preparat COVID-19 xastaligida qanday natija beradi? Men mutaxassis sifatida TVda aytilayotgan bu boradagi ma’lumotlarga, to‘g‘risi, ishonmayman. Faqatgina ilmiy asoslangan manbalarga ishonaman.
Xullas, izlab ko‘rsam ushbu preparatning COVID-19ga ta’siri to‘g‘rida Xitoy va AQSH mutaxassislari o‘tkazgan tadqiqot ishlari bor ekan. Ikkisida ham ushbu preparat COVID-19 hech qanday ijobiy foyda bermasligi haqida yozilgan. Shunday ekan, Rossiya TVsi tarqatgan xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb xulosa qilish mumkin.
Baxtiyor Sheraliyev
Manba: Xabar.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar