Amerika razvedkasi xodimlari 2019 yil noyabrning oxiridayoq Xitoyning Uxan shahrida yangi koronavirus tarqalishi haqida AQSH hukumatini ogohlantirishgan, deb yozadi «ABC» telekanaliga tayanib "Xabar" nashri.
Unga ko‘ra, Uxandagi kasallik tarqalishi haqidagi ma’lumotlar o‘tgan yili noyabrda Tibbiy razvedka milliy markazi (NCMI) ma’ruzasida batafsil keltirib o‘tilgan. Ma’ruza qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar va yo‘ldosh tasvirlarining tahlil natijalariga asoslanadi. Razvedka Xitoyda kasallik tarqalishi AQSHning Osiyodagi harbiy kuchlariga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin deb hisoblagan.
Manbaga ko‘ra, NCMI ma’ruza mualliflari «bu halokatli hodisa bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelishgan». Bu haqda Oq uy va Pentagon shtablari boshliqlarining qo‘shma qo‘mitasi, AQSH Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi bir necha marta ogohlantirilgan.
Telekanal xabariga ko‘ra, ushbu mavzudagi brifinglar yuqori martabali siyosatchilar ishtirokida dekabrda ham muntazam o‘tkazib turilgan. Yanvarda ham AQSH prezidenti Donald Tramp har kuni vaziyatning qanday rivojlanishidan xabardor bo‘lib turgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi