17:30 / 09.04.2020
3 198

Rossiyada bemorlarni koronavirusdan tuzalganlar qonini quyish orqali davolash boshlandi

Rossiyada bemorlarni koronavirusdan tuzalganlar qonini quyish orqali davolash boshlandi
Foto: RIA Novosti
Rossiyada koronavirusdan tuzalganlarning qon plazmalarini bemorlarga quyish orqali davolash bo‘yicha dastlabki muolajalar o‘tkazildi. Koronavirusdan davolashning yangi usuli haqida Moskva merining o‘rinbosari Anastasiya Rakova ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada koronavirusdan tuzalgan 11 nafar kishi donorga aylangan. Ularning qoni yetti nafar bemorga quyilgan.

«Biz boshqa mamlakatlardagi hamkasblarimizning ishlanmalarini muntazam kuzatib bormoqdamiz, xuddi shunday tadqiqotlar Xitoy, Germaniya va AQSHda muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda. Yangi usul koronavirus pandemiyasiga qarshi samaraliroq kurashishimizda yordam berishiga umid qilamiz», — dedi Rakova.

9 aprel holatiga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 10 100dan oshgan, 76 kishi vafot etgan, 698 kishi tuzalgan. Mamlakatning 85ta regionidan faqat to‘rttasidagina koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar qayd etilmagan. Bular Oltoy Respublikasi, Nenes avtonom okrugi, Tuva va Chukotka.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada bemorlarni koronavirusdan tuzalganlar qonini quyish orqali davolash boshlandi